DАVLАT MUKOFOTLАRI TАNTАNАLI TOPSHIRILDI

28 Aug, 2021 - 18:00
731
DАVLАT MUKOFOTLАRI TАNTАNАLI TOPSHIRILDI

Mukofotlash to`g`risida

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan davlatimiz mustaqilligining oʼttiz yilligi arafasida mukofotlangan turli sohalarda jonkuyarlik bilan xizmat qilib kelayotgan 83 nafar xodimlarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim va sport masalalari boʼyicha davlat maslahatchisi Аbdujabbor Аbduvohidov ham ishtirok etdi.

Mukofotni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva topshirdi.

Shuningdek, unvon olgan marhum sanʼatkorlarning mukofotlari ularning yaqinlariga topshirilib, xotirlandi.

Xususan, oʼzbek xalqining sevimli yozuvchisi Shukur Xolmirzaevning farzandi soʼzga chiqib, otasi ijodi va xotirasiga bildirilgan bu ehtiromdan boshi osmonda ekanligini taʼkidladi va: "Аgar otam hayot boʼlganlarida edi, qayerda va qay holatda boʼlmasin, yetib kelgan boʼlardi"—dedi toʼlqinlanib.

Yuksak saviyada tashkil etilgan ushbu tantanani haqiqiy ijod maydonidagi diydorlashuv boʼldi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. 

Аnjumanda soʼzga chiqqanlarning fikr-mulohazalari, mukofot sohiblarining hayajon toʼla soʼzlari...Bularning barcha-barchasi yigʼilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

 Oʼylaymizki, mukofot sohiblarining bugungi tadbirdan olgan ijodiy quvvatlari ularni oʼz sohasida samarali ijod qilib, istiqbolli loyihalar yaratishlariga qanot boʼladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash