“Raqs jilosi” – iqtidorlarni birlashtiradi
01 Dec, 2022 - 14:45
696
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligi huzuridagi Yosh-ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan “Raqs jilosi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlovning hududiy tuman (shahar) viloyat bosqichlari iyul-sentabroylari davomida yuqori saviyada o'tkazildi. Ushbu tanlovda jami 1000 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, ular orasidan 205 nafar yoshlar yakuniy bosqichgacha yetib keldi.
Ayni daqiqalarda Tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Farrux Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Qayd etish joizki, tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida raqs san’atini keng targ‘ib etish, ijodkor yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, iqtidorlari yoshlarni izlab topish, ularga mahoratlarini namoyish etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Tanlov “Milliy raqs”, “Zamonaviy raqslar” hamda “Estrada-sport raqslari” yo‘nalishlarida o‘tkazilmoqda. Professional xoreograf, baletmeyster, raqqos va raqqosalardan iborat bo‘lgan Hakamlar hay’ati ishtirokchilarini baholab borishadi.