1-dekabr – OITSga qarshi kurashish kuni
01 Dec, 2022 - 12:57
718
Axborot va matbuot xizmati
Har yili 1-dekabr an'anaviy tarzda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.
Mazkur sana munosabati bilan bugun Andijon shahar 28-son Bolalar musiqa va san’at maktabida ochiq dars tashkil etildi. Unda maktabning tasviriy sanʼat boʻlimi ustoz va oʻquvchilari o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi.
Ishtirokchilar chizgan suratlarini tahlil qilib, OITS sindiromining zararli oqibatlari haqida aytib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida, eng yaxshi surat mualliflari 1-2-3-o’rinlar bilan taqdirlandi.