"Musiqa bizning baxtimiz" nomli hisobot konserti bo'lib o'tdi
30 Nov, 2022 - 14:09
571
Axborot va matbuot xizmati
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlai tog’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Parkent tumanidagi 29-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi 1-29-34-sonli Bolalar musiqa va san’at maktblari hamkorligida "Musiqa bizning baxtimiz" nomli hisobot konserti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Bolalar musiqa va san'at maktablarining Fortepiano, O'zbek xalq cholg’u bo’limi, Torli cholg’u yo’nalishi, Ananaviy xonandalik va ijrochilik, Xor, Baxshi, Xoreografiya va Teatr ijrochiligi bo'yicha ijodiy ishlar namoyish etildi.
Tadbirda Toshkent viloyatining barcha BMSM rahbarlari, viloyat Madaniyat boshqarmasi vakillari, tuman hokimi o’rinbosari Baxtiyor Soatov, Yoshlar ishlari Agentligi Parkent tuman bo'limi boshlig'i Nodir Mirqo'ziyev, direktorlar kengashi raisi, ota-onalar, ishtirok etishdi.
Tadbir so’ngida mehnat faxriylari estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.