Korrupsiya asr vabosi yohud biz korrupsiyaga qarshimiz
29 Nov, 2022 - 18:42
897
Axborot va matbuot xizmati
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Bugun yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim o'rin tutmoqda.
Jumaladan, korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda vazirlik tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda, Madaniyat vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat bo'limi boshlig'i K.Rahimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati bosh mutaxassisi A.Nazarov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i F.Najimovlar ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022-yil 17-avgustdagi 8-son yigilish bayoni da belgilangan vazifalar ijrosini, Madaniyat vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 345-son buyrug’i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, bu borada tizimda olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.
Qolaversa, xodimlarning xizmat faoliyati davomida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, uni oldini olish borasida qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.