Tanlovda ustozlariga munosib izdoshlarni ko‘rdik

28 Nov, 2022 - 20:40
676
Tanlovda ustozlariga munosib izdoshlarni ko‘rdik

Axborot va matbuot xizmati

So‘nggi yillarda o‘tkazilgan turli madaniy loyiha va tanlovlar doirasida ko‘plab iste'dodlar qamrab olindi va qo‘llab-quvvatlayapti. 
“Yosh maqomchilar” respublika tanlovi ham maqomni sevuvchi va uni maromiga yetkazib ijro etuvchi  bir qancha navqiron yoshlarni kashf etdi, desak yanglishmaymiz. 
Tanlov hududiy bosqichlarida ham yakuniy qismida ham har bir ishtirokchi o‘ziga xos ijro va olov qalb egasi ekanini  ko‘rsata oldi. 
Sohaning yetakchi mutaxassislari va xalq hofizlaridan iborat hakamlar hay'ati har bir ijroni odilona baholadi. Natijada 14 ta nominatsiyada o‘zaro bellashgan 196 nafar ishtirokchidan 33 nafar maqom ijrochilari saralab olindi va taqdirlandi.
Eng muhimi, yil sayin maqom san'atini o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lgan qobiliyatli yoshlarimiz safi kengayayotgani bu san'atning umriboqiyligidan darakdir. Ishonamizki, bu yoshlar milliy musiqa maydonida ustozlariga munosib izdosh va yelkadosh bo‘la olishadi. 

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash