TАYINLOV

27 Aug, 2021 - 00:00
644
TАYINLOV

Xoreografiya oliy maktabi

Bugundan eʼtiboran, Kaxarov Erkin Olimovich Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori vazifasiga tayinlandi.
 
Bugunga qadar, Аlisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatri balet artisti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi boʼgʼinidagi xoreografiya kollejining oʼqituvchisi kabi masʼuliyatli lavozimlarda mehnat qilgan Erkin Kaxarov mazkur tayinlovga qadar Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maxsus fan oʼqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Ishonamizki, Erkin Kaxarov oʼziga yuklatilgan vazifa masʼuliyatini teran anglaydi va soha rivojiga hissa qoʼshish uchun bor kuch, bilim hamda tajribasini ishga soladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash