Ijodiy uchrashuv
28 Nov, 2022 - 09:10
648
Axborot va matbuot xizmati
Toshkent shahar namunasi asosida Toshkent viloyatining Chirchiq shahar 3-sonli hamda Bekobod tumani 16-sonli Bolalar musiqa va sanat maktabi o'qituvchilari bilan ijodiy fikr almashish, o'qituvchi-pedagoglar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ta'lim-tarbiya jarayonlari, yangi zamonaviy inovatsion dars berish usullari va metodikasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ijodiy uchrashuv hamda mahorat darslari o'tkazildi.
Ushbu loyihada Toshkent shahridan fortepiano, skripka, xor sinfi, milliy cholg'ular, xoreografiya, tasviriy va amaliy san'at yo'nalishlaridan tajribali o'qituvchilar ishtirok etdi.