EʼTIBOR, E`TIROF, EHTIROM

27 Aug, 2021 - 18:00
700
EʼTIBOR, E`TIROF, EHTIROM

Mukofotlash to`g`risida

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/4564)ga binoan Yunus Rajabiy nomidagi Oʼzbek milliy musiqa sanʼati institutining bir guruh professor-oʼqituvchilari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik (https://t.me/uzmmsi_official/2413).

Bugun institutimizda yuksak eʼtirofga sazovor boʼlgan oʼsha ustozlarni tabriklash marosimi boʼlib oʼtdi. Unda soʼz olganlar hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan oʼz hamkasblarini chin dildan, samimiy muborakbod etib, kelgusi mehnat va ijodiy faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar hamroh boʼlishiga ishonch bildirishdi.

Yunus Rajabiy nomidagi

OʼzMMSI Аxborot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash