Kelishuvga erishildi

23 Nov, 2022 - 16:52
1600
Kelishuvga erishildi

Axborot va matbuot xizmati

2022-yil 21-noyabr kuni Farg'ona ixtisoslashtirilgan san‘at maktabiga Farg'ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Rossiya davlatining Chelyabinsk shahridan mehmonlar tashrif buyurdi. Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Jahongir Tojiboyev boshchiligidagi delegatsiya, yani Chelyabensk Davlat Madaniyat instituti xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, konservatoriya fakulteti dekani o'ribosari Nikolayeva Lyubov Aleksandrovna, xoreografiya fakulteti dekani Novikov Konstantin Aleksandrovich va Chelyabensk viloyati sport raqsi markazi huquqiy masalalar bo'yicha mutaxassisi Novikova Svetlana Gennadevnalar  maktab ma'muriyati tomonidan tantanali kutib olindi. Mehmonlar dastlab bilim yurti tarixi, o'quvhilarga yaratilgan sharoitlar va o'qitilayotgan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Mehmonlar va ma'muriyat a'zolari o'rtasidagi o'zaro muhokamalardan so'ng,  hamkorlik kelishuvi imzolandi va esdalik sovg'lari topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash