Inson qadri e’zozlangan yurt
22 Nov, 2022 - 17:35
481
Axborot va matbuot xizmati
“Madaniyat karvoni” loyihasi doirasida Namangan shahridagi 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Inson qadri e’zozlangan yurt” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Botirjon Ergashev, shoir va yozuvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Jumladan, navqiron avlodning puxta bilim olishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida qator imkoniyatlar yaratilgani e’tirof etildi. Mana bunday adabiy uchrashuvlar esa o‘g‘il-qizlarning iste’dodini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekani aytib o‘tildi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirda Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining iqtidorli oʻquvchilari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.