Ijodiy muloqotga tayyorgarlik yuzasidan maslahat uchrashuvi o‘tkazildi
22 Nov, 2022 - 17:20
476
Axborot va matbuot xizmati
Ijodiy muloqotga tayyorgarlik yuzasidan maslahat uchrashuvi o‘tkazildi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori F.Djurayev boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori A.Axetova, Andijon viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori O‘.Nurmatov va Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori B.Abdullayevdan iborat guruh Ostona shahridagi Yoshlar va o‘smirlar kutubxonasiga tashrif buyurib, Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida bo‘lib o‘tadigan ijodiy muloqotga tayyorgarlik yuzasidan qozog‘istonlik hamkasblari bilan maslahat uchrashuvi o‘tkazdi.
Bo‘lajak tadbirda “Choy” qisqa metrajli filmining qozoq tilidagi tiflosharhi taqdimoti rejalashtirilgan. Shuningdek, Yoshlar va o‘smirlar kutubxonasiga o‘zbek adiblarining Brayl yozuvidagi kitoblarini hamda qozoq adiblarining ilk bor Brayl alifbosida maxsus chop etilgan she’rlar to‘plamlarini tantanali topshirish ko‘zda tutilgan.