Tojikiston Respublikasining "Lo'xtak" teatri bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

21 Nov, 2022 - 19:03
772
Tojikiston Respublikasining "Lo'xtak" teatri bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

Axborot va matbuot xizmati

Buxoro viloyat qo'g'irchoq teatri Tojikiston Respublikasiga uyushtirgan gastrol safarining 5-kunida Tojikiston "Lo'xtak" teatri jamoasi bilan ijodiy suhbat olib bordi.

Qizg'in suhbat chog'ida teatrlar orasidagi do'stona hamkorlik ishlarini mustahkamlash, yosh avlod uchun spektakl sahnalashtirishda ma'naviy-tarbiyaviy jihatlarga ko'proq ahamiyat qaratish zarurligi to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Uchrashuv so'ngida "Lo'xtak" teatrining ijodiy jamoasi tomonidan "Malikai sho'xi" nomli spektakli namoyish etildi. 

Eslatib o'tamiz, Buxoro viloyat qo'g'irchoq teatrining Tojikiston Respublikasiga uyushtirgan gastrol safari davom etmoqda.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash