“O‘shal Boburmen, men...”

21 Nov, 2022 - 17:30
665
“O‘shal Boburmen, men...”

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbek Milliy akademik drama teatrining ustoz san’atkori, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduduqunduzov tavalludining 70 yilligi hamda ijodiy faoliyatining 50 yilligi munosabati bilan “O‘shal Boburmen, men...” deb nomlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. 

Madaniyat vazirining burug‘i bilan ustoz san’atkor “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Axmedov topshirdi.

Tadbirda qatnashgan el ardog‘idagi san’atkorlar, poytaxt teatrlari vakillari Muhammadali Abduduqunduzovning ko‘p yillik ijodiy faoliyatini e’tirof etishdi. Xususan, ijodiy kechada O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi ham o‘zining sahna ko‘rinishi bilan qatnashdi hamda esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash