“Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
21 Nov, 2022 - 17:04
534
Axborot va matbuot xizmati
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Uning yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Nazokat Mo‘ydinova (Farg‘ona shahri), 2-o‘rinni Mohlaroy Rajabova (Toshloq tumani), 3-o‘rinni Mahliyo Abdumalikova (Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi) egalladi.
Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etganlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.