Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov hamda Ozarbayjon Maqom markazi raxbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19 Nov, 2022 - 15:15
649
Axborot va matbuot xizmati
Uchrashuv davomida har ikki tomon mavjud madaniy aloqalarning ayniqsa maqom san'ati yo'nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, maqom san'ati ijrochilariga qulay imkoniyat va keng sharoitlar yaratib berish, ushbu san'atni xalqlarimiz orasida keng tadqiqotlar olib borish orqali unutilgan qadimiy shaklini tiklash, targ'ib qilish va shu orqali xalqlarimiz orasida maqom san'atiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishning samarali natijalari va kelgusi istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda O'zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarida ijod qilayotgan maqom san'ati yo'nalishidagi barcha badiiy jamoalar, maqom markazlari, ansambllar, shuningdek, barcha ta'lim musassalariga ijodiy va amaliy yordam ko'rsatish orqali yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.