Hamkorlik uchrashuvlari bo'lib o'tdi
19 Nov, 2022 - 18:34
648
Axborot va matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov Ozarbayjonga tashrifi davomida Boku xoreografiya akademiyasi direktori Naile Mamedazde bilan uchrashib, ikki davlat xoreografiya san'atini yanada rivojlantirish borasida o'zaro fikr almashdi.
Kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'yib, o'zaro tajriba almashinuvi yuzasidan o'quv-amaliy seminarlar, talabalarni amaliyotga yuborish va qabul qilish masalalari to'g'risida suhbatlashildi. Uchrashuv so'ngida ikki davlat xoreografiya akademiyalarining hamkorlik memorandumi tuzilishiga kelishib olindi.
Samimiy tarzda bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv ikki davlat madaniyati va san'atining istiqboli uchun muhim hisoblanib, ikki qardosh xalqning madaniy aloqalarini yanada mustahkamlaydi,- deb, ishonch bildirdi B.Ahmedov.