O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi Farg‘onada katta tantana qilindi

18 Nov, 2022 - 17:40
575
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi Farg‘onada katta tantana qilindi

Axborot va matbuot xizmati

        Bugun 2022-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahrida viloyat hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.

       Dastlab Al-Farg‘oniy ko‘chasidan hajmi 1100 kv.m. bo‘lgan ulkan bayroq askarlar ko‘magida keng yoyilib orkestr jo‘rligida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha bo‘lgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni shahar aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo‘sh urgan holda kuzatdilar.

       Viloyat teatr va konsert saroyining old sahnasida bayramning rasmiy qismi bo‘lib o‘tdi. 

       Yosh san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi esa barchaga bayramona ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash