Farg'ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatida "Mahorat darslari" tashkil etildi
18 Nov, 2022 - 16:22
623
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 17-nayabr kuni Farg'ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatiga “Mahorat darslari”ni olib boorish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san’ati instituti professori, Turon fanlar akademiyasi akdemigi maqomdon ustoz Rifatilla Qosimov hamda dotsent, mohir xonanda va sozanda Shavkat Matyoqubov tashrif buyurdilar. Avvalo maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar va yuqori saviyadagi mahorat darslarini taqdim ettilar. Tadbir o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun birdek mazmunli o‘tdi. Mumtoz asarlarni o‘rgatish usullari, maqom tarixi xususida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ustozlar tomonidan mumtoz namunalar mohirona ijro etildi. Uchrashuv yakunida maktab internati direktori tomonidan Ustozlarga minnaddorchilik bildirilib estalik sovg‘alari va tashakkurnoma taqdim etildi.