O‘zbekiston–Rossiya ta’lim forumi o‘tkazildi
18 Nov, 2022 - 16:18
607
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Rossiya–O‘zbekiston madaniy ta’lim forumi tashkil etildi. Ushbu forumga Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya, Ulyanovsk viloyati San’at va madaniyat siyosati vaziri Yevgeniya Sidorova, Ryazan viloyati Madaniyat vaziri Marina Kaurkina, Samara viloyati Madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Irina Kalyagina va madaniyat hamda san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari tashrif buyurdi.
Forum doirasida ko‘rgazma tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mas’ullari hamda tizimdagi ta’lim muassasalarining rahbarlari ham ishtirok etdilar. Forum yakunida mehmonlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.