MUHIM JАRАYONLАRGА TАYYORGАRLIK HOLАTI MUHOKАMА ETILDI
26 Aug, 2021 - 22:00
707
B.Ahmedov yig`ilish o`tkazdi
Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʼrinbosari Bahodir Аhmedov ZOOM elektron platformasi orqali videokonferensiya shaklida viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi, vazirlik tasarrufidagi barcha tizim tashkilotlari, taʼlim muassasalari rahbar-xodimlari va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Madaniyat vaziri ishtirokida yigʼilish oʼtkazdi.
Unda davlatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik jarayonlari va uni yuqori saviyada oʼtkazish, vazirlik tasarrufidagi taʼlim muassasalarida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik hamda barcha tizim tashkilot va muassasalarning kuz-qish mavsumiga shaylik holati yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Muhokama yakunida B.Аhmedov yigʼilish ishtirokchilariga yuqorida koʼrilgan masalalar yuzasidan mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va koʼrsatmalar berdi.