"Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
17 Nov, 2022 - 14:54
525
Axborot va matbuot xizmati
Kuni kecha 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Jizzah viloyatining harbiy qismlaridan birida "Muqaddasdir Vatan bayrog'i!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi "Aktyorlik san'ati" va "Xalq raqsi" yo‘nalishlari o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Tadbir so'ngida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi jamoasiga harbiy qism tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi.