Madaniyat vazirligida seminar tashkil etildi

16 Nov, 2022 - 22:15
484
Madaniyat vazirligida seminar tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 15-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali ish faoliyatini yo'lga qo'yishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimlari hamda “UNICON-SOFT” ma'suliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahar hududiy filial boshlig'i va mutaxassisi ishtirok etdi.

Seminarni Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov kirish so'zi bilan ochib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlashda samarali mexanizm joriy etilgani, vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari, shu jumladan, Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasining choraklik ish rejalari asosida ijro intizomini mustahkamlashga katta e'tibor qaratilayotgani to'g'risida ma'lumot berdi. Shuningdek, B.Ahmedov:
- har bir vazifani bajarishda yuzaga kelayotgan muammolarni oldindan ko'ra bilishimiz, tahlil qilishimiz, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rishimiz va samarali ish faoliyatini tashkil etishga muhit yaratishimiz lozim, -deya, alohida ta'kidladi.

Shundan so'ng, Adliya vazirligining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi
Bosh maslahatchisi Bobur Atemov davlat organlari va tashkilotlar hamda Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish tartibi to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi. 

Shuningdek, seminar davomida “UNICON-SOFT” ma'suliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahar xududiy filial boshlig'i Muzaffar Rahimberdiyev “Ijro.gov.uz” ijro intizomi tizimi hamda barcha tizimosti modullaridan foydalanish to'g'risida atroflicha tushintirishlar berdi.

Seminarda mavzuga oid savol-javoblar va fikr-mulohazalar tinglanib, tegishli xulosalar chiqarildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash