Namanganda konsertlar davom etmoqda
17 Nov, 2022 - 14:15
449
Axborot va matbuot xizmati
Kuni kecha Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani madaniyat markazida “Botir Zokirov” nomidagi milliy-estrada simfonik orkestri tomonidan navbatdagi konsert dasturi yuqori kayfiyatda o`tkazildi. Namangan viloyatini tark etmagan holda konsert dasturlar davom etadi.
Bugun 16:00 da Norin tumanida joylashgan Madaniyat markazida "SHODLIK " ashula va raqs ansambli tomonidan konsert dasturi rejalashtirilgan. Barcha musiqa va raqs ixlosmandlarini konsert dasturimizga taklif etib qolamiz.