XАLQАRO FESTIVАLGА TАYYORGАRLIK BOSHLАNDI

26 Aug, 2021 - 22:00
716
XАLQАRO FESTIVАLGА TАYYORGАRLIK BOSHLАNDI

Baxshichilik festivali

Joriy yilning sentyabr oyida Nukus shahrida boʼlib oʼtadigan II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik ishlari yuzasidan tashkiliy ishchi guruhi oʼz ishini boshladi. 

Shu munosabat bilan Nukus shahridagi markaziy amfiteatrda festivalni yuqori saviyada oʼtkazish va tashkiliy masalalarga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. 

Unda Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasining ijodiy loyihalarni muvofiqlashtirish boʼlimi mudiri Saidazim Nabiev, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari, hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 
 
Yigʼilishda festival oʼtkaziladigan maydonni tayyorlash, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, festivalni OАV da yoritish kabi turli tashkiliy masalalar koʼrib chiqilib, masʼullarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash