Igor Moiseev nomidagi akademik xalq raqs ansamblining kontsert dasturi bo'lib o'tdi

15 Nov, 2022 - 16:15
543
Igor Moiseev nomidagi akademik xalq raqs ansamblining kontsert dasturi bo'lib o'tdi

Axborot va matbuot xizmati

 Kuni kecha Forumlar saroyida Rossiyaning dunyoga mashhur Igor Moiseev nomidagi akademik xalq raqs ansamblining kontsert dasturi bo'lib o'tdi. Ushbu kontsertda ansambl repertuaridagi eng mashhur va sevimli asarlar namoyish etilib, tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo'ldi.

Kontsertdan so'ng ansambl jamoasiga Mukarrama Turg'unboeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli tomonidan minnatdorchilik bildirilib, jamoani navbatdagi muvaffaqiyatli kontsert dasturi bilan qutladi va ushbu ikki ansamblning uzoq tarixga ega do'stona hamkorligi haqida eslandi.

Samimiy suhbat davomida kelgusida hamkorlikni yana yo'lga qo'yish istagi bildirildi. O'zbekiston madaniyati va san'atini rivojlantirish jamg'armasi bu ikki afsonavi ansamblning do'stona hamkorligini qayta tiklash bo'yicha rejalar ishlab chiqishini ma'lum qildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash