Vazirning birinchi o'rinbosari Samarqandda
15 Nov, 2022 - 15:00
569
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Samarqand viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida B. Ahmedov teatr jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazib, jamoani to‘liq qayta ta'mirlangan yangi bino bilan tabrikladi. Qurilish jarayonlarining qay suratda borgani va kelajakda ijodiy jarayonning borishi to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi! Shuningdek, teatr jamoasiga yaratilgan imkoniyatlar va bu yaratilgan shart-sharoyitlardan unumli foydalaish xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.