Bayram ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
11 Nov, 2022 - 15:00
587
Axborot va matbuot xizmati
11-noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan poytaxtimiz markazida joylashgan, yurtimiz madaniyati va san'atida o'ziga xos o'rin tutadigan tarixiy bino – sobiq “Sverdlov” nomli konsert zali binosi negizida qaytadan barpo etilgan “O'zbekiston kasaba uyushmalari saroyi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bayramning asosiy tantanali dasturi aynan ushbu saroyda tashkil etildi.
Unda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli tomonidan ijro etilgan raqslar ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.