Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag‘ishlandi
13 Nov, 2022 - 12:10
546
Axborot va matbuot xizmati
To‘rtko‘l tumanida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Turkmaniston, Tatariston xalq artisti, davlat mukofotlari sovrindori Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag‘ishlangan "Ona diyor kuychisi" yosh ijrochilar resplublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar ulug‘ hofiz ijodidan namunalar ijro etishdi. Har bir qatnashchining chiqishi nufuzli hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
Tanlov doirasida tashkilotchilar, ishtirokchilar va mehmonlar Otajon Xudoyshukurov qabrini ziyorat qildilar