“Ona diyor kuychisi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
14 Nov, 2022 - 11:15
660
Axborot va matbuot xizmati
Avval xabar berganimizdek, 11-12-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Turkmaniston, Tatariston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bagʻishlangan “Ona diyor kuychisi” yosh ijrochilar va xonandalar respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad milliy qoʻshiqchilik sanʼatida oʻchmas iz qoldirgan betakror ovoz sohibi, mohir sozanda, yetuk bastakor va xonanda Otajon Xudoyshukurov tavalludini an'anaviy tarzda keng nishonlash, nomini abadiyashtirish, ijod yo‘lini yoshlar o‘rtasida keng tag‘ib qilish, iqtidorlarni izlab topish, xalq ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yanada rivojlantirishdan iborat.
Ijodiy bellashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bosqichlarida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar oʻz maboratini namoyish etdi.
Ko‘rik-tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 1, 2, va 3-darajali diplomlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toʻrtkoʻl tumani hokimligi, homiylar va boshqa tegishli tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, ko‘rik-tanlov doirasida O.Xudayshukurov hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Ustozni eslab” deb nomlangan badiiy kecha hamda “Ijod irmoqlari” mavzuida koferensiya tashkil etildi. Tadbirda ulugʻ sanʼatkorlar, olimlar, yosh tadqiqotchilar qatnasbdi.
“Ona diyor kuychisi” respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblari ro‘yxati:
1.Yaqubov Bayrambek - Xorazm viloyati, 1- oʻrin
2.Karimboyev Alisher - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 2-oʻrin
3.Settiyev Joʻrabek - Qoraqlpog‘iston Respublikasi, 2-oʻrin
4.Bekbergenova Sevinchoy - Xorazm viloyati, 3-oʻrin
5.Xaydarov Qutlugʻbek - Jizzax viloyati, 3-oʻrin
6.Qodirov Bozorboy - Sirdaryo viloyati, 3-oʻrin.
Nominatsiyalar boʻyicha:
1. “Eng yaxshi maqom ijrochisi” - Xamidov Ruslanbek, Qashqadaryo viloyati
2. “Eng yaxshi xalq qoʻshiqlari ijrochisi” – Abdumuxtarov Boburbek, Andijon viloyati
3. “Eng yaxshi ijrochi” - Saidov Ulugʻbek, Navoiy viloyati
4. “Eng yaxshi suvora ijrochisi” - Oʻrinboyev Azamat, Xorazm viloyati.
5. “Eng yosh ijrochi” - Xayitboyev Ogʻabek, Xorazm viloyati.