Dillarga xush kayfiyat ulashgan dastur
10 Nov, 2022 - 15:00
539
Axborot va matbuot xizmati
Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, Qo‘qon shahar madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tinchlik, do‘stlik, ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, raqslar ijro etildi.
Konsert dasturi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.