Respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi
05 Nov, 2022 - 09:10
578
Axborot va matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida "Xotin-qizlar faolligi – jamiyat rivojining muhim omili" mavzusida respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva, O'zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, vazirlik va idoralarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari raislari, vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z bordi.
Shuningdek, kelgusida bu kabi tadbirlarga har bir vazirlik idoralarning tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni ham kengroq qamrab olish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirilib, taklif va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida kelishib olindi.
Tadbir so‘ngida el ardog‘idagi xonandalar Hilola Hamidova hamda Lola Ahmedova tomonidan kuylangan qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Ishtirokchilarga Madaniyat vazirligining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.