“Baxshichilik an'analari va epos taraqqiyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi
08 Nov, 2022 - 14:50
706
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Respublika Madaniyat muassasalarini faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi O'zbekisto n Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Respublika baxshichilik san'ati, O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti va Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti bilan hamkorlikda Qodir shoir Rahimov tavalludining 85 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Baxshichilik an'analari va epos taraqqiyoti” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanni 2022-yil 14-dekabr kuni O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutida o'tkazishni e'lon qiladi.
Mazkur anjumanda respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan mutaxassis olimlar, shu sohada izlanishlar olib borayotgan doktorant, tadqiqotchi, magistrantlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil quyidagi Axborot xatida tanishishingiz mumkin 👇🏻