Bugungi uchrashuv hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib beradi

05 Nov, 2022 - 19:50
1129
Bugungi uchrashuv hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib beradi

Axborot va matbuot xizmati

TURKSOY xalqaro tashkilotiga a'zo davlatlar Madaniyat vazirlarining 39-yig‘ilishida ishtirok etdik. 
Unda umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan tashkilot tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani alohida ta'kidlandi. 
Yig‘ilish qatnashchilariga turkiy davlatlar tashkilotlarining "Turk dunyosining madaniy poytaxti"," Turkiy dunyo turizmi" va "Tabarruk ziyorat" sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va turli festivallarni o‘tkazish, shuningdek, nomoddiy madaniy merosni saqlash, uni kelajak avlodga asl holicha yetkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan chora- tadbirlar rejasini birgalikda ishlab chiqish taklifini kiritdik. 
Ishonchimiz komilki, bugungi uchrashuv natijalari Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab beradi. 

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash