Navoiy viloyatida "Madaniyat karvoni" festivaliga start berildi
05 Nov, 2022 - 17:40
503
Axborot va matbuot xizmati
Bugundan "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlarida "Madaniyat karvoni" festivali ko'tarinki ruhda boshlandi.
Poytaxtdan kelgan madaniyat va san'at ahli, olimlar, ijodkorlar, shoir va yozuvchilar aholi bilan uchrashib, dildan suhbat qurmoqda.
"Madaniyat karvoni" festivali doirasida madaniy-ma'rifiy va adabiy-badiiy kechalar, sport tadbirlari hamda konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda. Xalqimizning sevimli san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar aholini kayfiyatini ko'tarmoqda.