Fidoyilikning mukofoti hamisha yuksak bo'lsin!
03 Nov, 2022 - 17:58
640
Axborot va matbuot xizmati
Bugun Uchinchi Renessans g'oyasini to'laroq anglab yetyapmizki, har jabhada olib borilayotgan islohotlar ayni shu yangilanish davri poydevorini mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, san'at va madaniyat rivoji uchun yo'naltirilgan istiqbolli loyihalar, ayniqsa, har bir soha vakilining milliy madaniyatimiz, san'atimiz taraqqiyotiga hissa qo'shayotgani ayni yangi dunyo odamining xalqparvarligidan dalolatdir.
Ana shunday fidoyi insonlardan biri – Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullaevga "Madaniyat va san'at fidokori" ko'krak nishonini topshirdik.
Sir emaski, san'atga oshuftalik tuyg'usi hech birimizga begona emas. Madaniyatimizni asrash, san'atimizni rivoj toptirishga hissa qo'shish esa ota-bobolarimizdan meros, kelajak avlod oldidagi mas'uliyatimizdir. Ana shu mas'uliyatni chuqur his qilib mehnat qilayotgan insonlar fidoyiligining mukofoti doimo yuksak bo'lsin!
Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri