"Alisher Navoiy" operasi ko'rigi bo'lib o'tdi

03 Nov, 2022 - 16:45
644
"Alisher Navoiy" operasi ko'rigi bo'lib o'tdi

Axborot va matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari B.Axmedov boshchiligida teatrlar faoliyati bo'yicha vazirlik Badiiy kengashi a'zolari hamda soha mutaxassislari ishtirokida  davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilayotgan "Alisher Navoiy" operasi ko'rigi bo'lib o'tdi.  Avvalgi ko'rikda berilgan tavsiyalar, xato va kamchiliklarni to'g'rilash ustida olib borilgan ishlar inobatga olinib, qayta ishlangan asar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. O'zbek milliy operasini jahon miqyosida uzoq yillar sahnadan tushmaydigan asar darajasiga yetkazish maqsadida, Badiiy kengash a'zolari hamda soha mutaxassislarining fikr va takliflari asosida qayta ishlash uchun tavsiyalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash