Farhod Boynazarov xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

03 Nov, 2022 - 15:12
493
Farhod Boynazarov xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 22–30-oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan TURKSOY Turkiy madaniyat Xalqaro tashkilotining “TEATRALL” II Xalqaro teatr festivalida Qashqadaryo viloyati musiqali teatri bosh rejissyori Farhod Boynazarov tomonidan Jizzax viloyati musiqali drama teatrida Sulton Rayev asari asosida sahnalashtirilgan “Toj” spektakli bilan ishtirok etdi. Spektakl festival doirasida “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” deya, e’tirof etildi. Spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori Farhod Boynazarov TURKSOY Xalqaro tashkilotining “Chingiz Aytmatov” nomidagi Xalqaro mukofoti hamda festivalning maxsus sovrini - Qozog‘iston xalq qahramoni, Qozog‘iston xalq artisti Azerbayjan Mambetov nomidagi ko‘krak-nishoni sohibi bo‘ldi. Rejissyor Farhod Boynazarovning kelgusi ijodiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash