Sankt-Peterburgga ijodiy tashrif

03 Nov, 2022 - 10:15
738
Sankt-Peterburgga ijodiy tashrif

Axborot va matbuot xizmati

Rossiya davlat sahna san'ati instituti taklifiga binoan, O'zbekiston xalq artisti, professor Gavhar Matyoqubova va akademiyaning 4–kurs talabasi, “Lazgi” Xalqaro ko‘rik-tanlovi Gran-pri sovrindori Dilnoza Ortiqova shu yilning 27-30-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahriga ijodiy safar uyushtirishdi. 

O‘zbekistonlik san'atkorlar tomonidan “Rol va plastika” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘zbek milliy raqs san'atidan “Lazgi” raqsi harakatlari mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

Dilnoza Ortiqova ijodiy anjuman ishtirokchilariga “Lazgi” Xorazm raqsini yuksak mahorat bilan namoyish etdi. Iste'dodli raqqosaning betakror mahorati institut talabalarida katta taassurot qoldirdi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash