Turkiston san'at saroyida hodimlarni Attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha yig'ilish bolib o'tdi
01 Nov, 2022 - 22:00
503
Axborot va matbuot xizmati
Bugun Turkiston san'at saroyida markaziy apparat xodimlari, badiiy jamoalar hamda hududiy bo'linmalarni attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari B.Axmedov ishtirok etib, yig'ilish kun tartibidagi masala — attestatsiyadan shaffof va adolatli o'tkazish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi. Mazkur yig'ilishda bosh direktor, direktor o'rinbosarlari, bosh badiiy rahbar, hamda tasarrufdagi badiiy rahbarlar ishtirok etdi.