Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi
31 Oct, 2022 - 20:30
468
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashining fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida mehmonlar ikki tomonlama aloqalar rivoji xususida to‘xtalib, jumladan, 2022-yil iyun oyida Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari yuqori saviyada oʻtkazilganini alohida e’tirof etdi.
Ilyas Umaxanov Rossiyada ko‘plab o‘zbekistonlik talabalar tahsil olishini, fan, taʼlim yoʻnalishlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hududlari bilan Oʻzbekiston viloyatlari o‘rtasida aloqani mustahkamlash, Dog‘istonda madaniyat forumi, Toshkentda esa Dog‘iston kunlarini oʻtkazish taklifini bildirdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda tomonlar sohadagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlari boʻyicha kelishuvga erishdi.