Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari yig'ilish o'tkazdi

27 Oct, 2022 - 10:50
794
Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari yig'ilish o'tkazdi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Axmedov boshqargan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 594-son qaroriga asosan mamlakatimiz madaniyati va san’atini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qo‘shgan iste’dodli ijodkorlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti bilan taqdirlashga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlariga barcha tashkiliy jarayonlarda “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti to‘g‘risida nizom”da belgilangan talablarga qat’iy amal qilish, Milliy mukofotni topshirish marosimi dasturini puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash