"Madaniyat karvoni" doirasida tadbirlar bo'lib o'tmoqda
26 Oct, 2022 - 17:42
552
Axborot va matbuot xizmati
Ayni damda Namangan tumanining qator hududlarida "Madaniyat karvoni" hamda "Ma’naviyat festivali" doirasida madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, tumanning Anjirzor, Tepaqo‘rg‘on, Bog‘ ko‘cha, Bo‘ston mahallalarida ana shunday uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida "Madaniyat karvoni" hamda "Ma’naviyat festivali" doirasida tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi a’zolari – "Ma’rifat" targ‘ibotchilari, xonandalar, kino va teatr aktyorlaridan iborat guruh tomonidan badiiy-musiqali chiqishlar namoyish etilmoqda.