Oʻzbek milliy maqom sanʼati muzeyiga Abduqodir Ismoilov chalgan nay hadya etildi
25 Oct, 2022 - 15:25
612
Axborot va matbuot xizmati
Oʻzbekiston xalq artisti Abdulahad Abdurashidov tomonidan Oʻzbek milliy maqom sanʼati muzeyiga Oʻzbekiston xalq artisti Abduqodir Ismoilov chalgan nay hadya etildi.
Oʻzbek milliy cholgʻu asboblari ichida nay eng qadimiy cholgʻulardan boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Oʻzbekiston xalq artisti Abdulahad Abdurashidov tomonidan Oʻzbek milliy maqom sanʼati muzeyiga musiqa sanʼatining dargʻalaridan biri – xalqimiz yuragidan joy olgan ustoz sozanda, Oʻzbekiston xalq artisti Abduqodir Ismoilov chalgan nayni hadya etdi.