Marg‘ilon shahridagi ijodkorlar bog‘ida “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

24 Oct, 2022 - 16:06
469
Marg‘ilon shahridagi ijodkorlar bog‘ida “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Axborot va matbuot xizmati

Festivalda dunyoning 21 ta davlatidan kelgan an’anaviy to‘qimachilik va dizayn sohasining yetakchilari, hunarmandlar, san’atshunoslar, art-menejerlar, an’anaviy hunarmandchilikni boshqarish sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

"Atlas bayrami" yakuniga bag‘ishlangan "Atlas afsonasi" teatrlashtirilgan konsert dasturida O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, O‘zbekiston xalq artisti, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muxsinbek Mo‘minov hamda boshqa san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash