20-oktabr kuni Namangan viloyati hokimligida “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yig‘ilish o‘tkazildi
21 Oct, 2022 - 17:40
583
Axborot va matbuot xizmati
20-oktabr kuni Namangan viloyati hokimligida madaniyat vazirining o‘rinbosari Murodjon Majidov, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Gʻ.Murodxo‘jayev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Mahallalarda 8 turdagi musobaqalarning birortasi tashkil etilmagani tanqidiy va tahliliy muhokama etildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Madjidov viloyatda yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish taklifini berib, ushbu dasturni amalga oshirishda nafaqat yoshlar yetakchilari, balki viloyatning barcha manfaatdor tashkilotlarini safarbar etish maqsadga muvofiq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.