Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
20 Oct, 2022 - 16:38
437
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligida “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda madaniyat vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov, Xoreografiya akademiyasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonov “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi tarixi, ahamiyati haqida so‘z yuritib, so‘nggi yillarda Prezidentimiz e’tibori bilan tilimizning qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Tadbir doirasida ijodkor yoshlar tomonidan o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy g‘azalidan namuna o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.