HECH BIR MUROJААT E`TIBORDАN CHETDА QOLMАYDI

22 Aug, 2021 - 18:00
723
HECH BIR MUROJААT E`TIBORDАN CHETDА QOLMАYDI

Murojaatlar tinglandi

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan ustivor siyosat doirasida biz rahbarlar zimmasida eng avvalo, faoliyat olib borayotgan sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarga yechim izlash vazifasi turadi. 

Shu asosda, Xalq qabulxonalariga qilinayotgan sohaga oid murojaatlar yuzasidan muntazam ravishda fuqarolarni qabul qilamiz va ularni qiynayotgan muammoni imkon qadar ijobiy hal etishga harakat qilamiz.

Xususan, qabul davomida musiqiy mualliflik asari uchun gonorar olish, sanʼat va madaniyat yoʼnalishidagi taʼlim muassasasiga oʼqishga kirish, kechikayotgan ish haqi va mehnat taʼtili pulini olishda amaliy yordam soʼrash kabi masalalar bilan bogʼliq murojaatlar bilan yuzlashdik. 

Quvonarlisi, murojaatchilar faqat shikoyat, muammolar bilan emas, ijodiy loyihalar, hamkorlik borasidagi takliflar, tashabbus bilan ham kelishadi.

 Shikoyatdan koʼra, taklif bilan keluvchi fuqarolar soni koʼproq, desak ham mubolagʼa boʼlmaydMuri.

Biz sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodimni tinglashga, uni qiynayotgan muammoga imkon darajasida yechim topishga harakat qilamiz.

Shuningdek, yoshlarning sohaga oid tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlashga, soha rivojiga yoʼnaltirilgan madaniy loyihalarni hayotga tadbiq etishda amaliy koʼmak berishga hamisha tayyormiz.

Zotan, xalq manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimizda erkin va farovon hayot yaratish ustivor masala sifatida qaralayotgan bir davrda sohaga oid har bir murojaatni sinchiklab oʼrganish ham burchimiz, ham masʼuliyatimizdir. 

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash