O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 9 oylik yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar hamda 4-chorak uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar xususida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
14 Oct, 2022 - 19:10
428
Axborot va matbuot xizmati
Unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xodimlaridan: “Navbahor” ashula va raqs ansambli balet artistlari Fotima va Zuhra Narzullayevalar “Nihol” mukofoti;
“Shodlik” ashula va raqs ansambli xonandasi Alisher Ruzmetov va “Navbahor” ashula va raqs ansambli sozandasi Maʼrufjon Azimov “Shuhrat” medali;
Xor artisti Sabina Hamdamova “Kelajak bunyodkor” medali bilan taqdirlandi.