Kuni kecha Madaniyat vazirining birinchi oʼrinbosari Bahodir Ahmedov rahbarligida davlat teatrlari direktorlari, adabiy boʼlim mudirlari va davlat buyurtmasi asosida spektakl sahnalashtirayotgan rejissyorlar bilan boʼlib oʼtdi.
10 Oct, 2022 - 14:30
536
Axborot va matbuot xizmati
2022-yilda qilinadigan ishlar hamda davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilayotgan spektakllarning saviyasiga alohida toʼxtalib oʼtildi. Shuningdek, rejissyorlarining spektakl sahnalashtirish jarayonlarida yoshlarga yaqindan amaliy yordam berish toʼgʼrisida taklif va eʼtirozlari tinglandi. Shundan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Olimjon Salimov rejissyorlar kengashini tashkil etish taklifini bildirdi. Kengashda yosh rejissyorlar 3 yillik va 5 yillik ish rejasini tayyorlashi, asarlar tanlanishi, ustoz rejissyorlarning mahorat maktabini oʼzlashtirishi mumkinligi aytib oʼtildi.